9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

 Joriy yilning 8-may kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga 50-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va davra suhbati tashkil etildi.

 


 Tadbir davomida o‘quvchilarga Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarning jasorati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mavzuga oid she’rlar va adabiy parchalar ifodali tarzda o‘qib eshittirildi.

 Tadbir jarayonida Vatanga sadoqat, ajdodlar xotirasiga hurmat va milliy qadriyatlarni e’zozlash mavzularida suhbatlar olib borildi.

 Davra suhbati davomida o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр