01/04/2024 - 12:18

29 mart kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari STARS universiteti tashkil etgan "Ma'naviyat va ma'rifat markazi" ochilishida metodik yordam berdilar. Markazda tashkil etilgan kitob javonlariga kitoblarni joylashtirib berdilar.
26/03/2024 - 12:17

2024-yil 25-mart kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot- kutubxona markazida taniqli rus yozuvchisi, dramaturg, jurnalist  Yu.K. Oleshaning 125 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
 
AKM mutaxassislari tadbir ishtirokchilarini  yozuvchi hayoti va ijodi bilan tanishtiridilar. Tadbir davomida yozuvchi yaratgan asarlari asosida tayyorlagan kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhini  o‘tkazdilar.
20/03/2024 - 12:14

Joriy yilning 20-mart kuni Mirzo Ulug'bek tuman  axborot-kutubxona markazida Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan xalqimizning e'zozli milliy bayrami, tabiatga cheksiz go'zallik in'om etuvchi "Navro'z" ayyomiga bag'ishlangan "Assalom Navro'z" nomli kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhi o'tkazildi.
20/03/2024 - 12:12

Har yili mamlakatimizda Navro'z bayrami keng miqyosda nishonlanadi. Barcha shahar va qishloqlarda bayram sayillari, tomoshalar, boshqa bayram tadbirlari o'tkaziladi, milliy o'yinlar o'ynaladi. Shu singari 20-mart kuni, Mirzo Ulug'bek tumanidagi 211-maktabda ham bayram tadbiri yuqori shukuhda  o'tkazildi. "Assalom, Navro'z" nomli ushbu tadbirda maktab o'quvchilari tomonidan she'r va milliy qo'shiqlar yangradi, milliy liboslarda milliy raqslar, turli xil bellashuvlar, milliy o'yinlar o'ynaldi. Tadbirda  Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ham faol ishtirok etdilar.
20/03/2024 - 12:10

Navro'zi olam biz uchun eng qadimiy,  asl milliy,   urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni o'zida tarannum etuvchi bayram.
 
Joriy yilning 19-mart kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida  xalqimizning e'zozli milliy bayrami, tabiatga cheksiz go'zallik in'om etuvchi "Navro'z" ayyomiga bag'ishlangan "Assalom Navro'z" nomli kitob ko'rgazma tashkil etildi. Ko'rgazmada milliy bayramimiz tarixi haqida hikoyalar, o'zbek xalq ijodiyoti namunalari bo'lgan dostonlar, maqollar, bahor go'zalligi, nafosatini o'z she'rlarida tarannum etgan shoirlarning kitoblari o'rin oldi.
18/03/2024 - 12:08

2024-yil 15-mart kuni yoshlarni huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida, Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “Inson huquqlari qonun bilan himoyalangan” nomli tadbir o'tkazdilar. Tadbir davomida mavzuga oid kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhi o‘tkazildi.
 
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad huquqiy ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash va huquqiy bilimni  oshirishdir.
16/03/2024 - 12:06

2024-yil 14-mart kuni  Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar. Konferensiya Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi Ma’naviyat ma’muriy markazi majlislar zalida, “Pravoslav kitobi kuni” munosabati bilan, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Unda Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi elchixonasi, Rossotrudnichestvo, O‘zbekiston rus madaniyat markazi, O‘zbekiston “VETERAN” faxriylar va nogironlar uyushmasi vakillari, olimlar, tarixchilar, o‘qituvchilar, kutubxona muassasalari vakillari va turli mamlakatlardan kelgan mehmonlar, jamoat arboblari ishtirok etdi.

Konferensiya davomida ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.
13/03/2024 - 12:04

Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida 12 mart kuni abxaz millatiga mansub, rus adabiyotining dunyoga mashhur namoyandasi, shoir va jurnalist Fozil Iskandar tavalludining 95 yilligi o'tkazildi. Adabiy tadbirda shoir haqida qiziqarli ma'lumotlar jamlangan taqdimot namoyish etildi.

Tadbirda O'zDJTUning "Rus tili filologiyasi" fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar shoir hayoti va ijodiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi bilan tanishdilar.
11/03/2024 - 12:00

Joriy yilnining 9-mart kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari, 211-maktabda o'tkazilgan "Bahor malikasi - 2024" tanlovida hay'at a'zosi sifatida ishtirok etdilar. Tadbirda yuqori sinf o'quvchi qizlari o'z bilim va mahoratlarini, 4 ta shart  bo'yicha bellashdilar.
Tadbirda kitob va kitob mutolaasining inson hayotidagi muhim o'rni haqida qiziqarli ma'lumotlar bilan ko'rsatib berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
07/03/2024 - 11:57
Joriy yilning 7-mart kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari, 211-maktabda "Ayol borki, olam munavvar!" nomli bayram dasturida ishtirok etdilar.
Dastur davomida o'quvchilar "8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni"ga atab o'zlari chizgan rasmlar ko'rgazmasini taqdim etdilar.
Tadbir davomida AKM mutaxassislari o'zlari tayyorlagan kitob ko'rgazmasi bilan tanishtirdilar. Bayram dasturi qiziqarli bo'lib o'tdi.

Pages

Subscribe to Новости