25/02/2026 - 16:37
Joriy yilning 25-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman AKMda Oʻzbekiston Davlat san’at va Madaniyat Institutining “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyoti doirasida, “Fondlarni to‘ldirish va adabiyotlarga ishlov berish” bo‘limida o‘z faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.Amaliyot jarayonida talabalar bilan amaliyot rahbari uchrashuv o‘tkazib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Bo‘lim mutaxassislari koʻrsatmasi asosida amaliyotchilar kitoblarni tartibga solish, bo‘limlarga ajratish va fonddagi joylashuvini belgilash ishlarini samarali amalga oshirmoqdalar.
24/02/2026 - 16:44
#Ayollrni_ezozlash
#Zamondosh_klubi
2026-yil 24-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Ayollarni e`zozlash" oyligiga bag`ishlab, uzoq yillar davomida davlat tashkilotlarida fidoyilik bilan mehnat qilgan nuroniy onaxonlar “Zamondosh” klubi a’zolari ishtirokida “Matonat timsollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida klub a’zolari o‘zlarining mehnat faoliyati davomida duch kelgan sinov va qiyinchiliklar, ularni yengib o‘tishdagi sabr-toqat va qat’iyat haqida so‘zlab berdilar. Ular kasbiy burchga sodiqlik, halollik va insoniylik fazilatlari har qanday muvaffaqiyatning asosi ekanini alohida ta’kidladilar. Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv savol-javoblarga boy bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot oldilar.
Tadbir davomida matonat va jasorat timsoliga aylangan insonlarning ibratli hayot yo‘llari, jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi. Uchrashuv barchaga kuch-g‘ayrat va ilhom bag‘ishladi. Davra suhbati so`ngida ishtirokchilar ashula va she`riyat bilan tadbirni ko`tarinki ruhda yakunladilar.
23/02/2026 - 16:42
Joriy yilning 23-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman AKMda Oʻzbekiston Davlat san’at va Madaniyat Institutining “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyoti doirasida, “Aboniment va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish” bo‘limi bilan yaqindan tanishdilar.Bo‘lim mutaxassislari koʻrsatmasi asosida amaliyotchilarga bo‘lim ish jarayoni, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish tartibi va asosiy vazifalari o‘rgatildi.
23/02/2026 - 16:31
Joriy yilning 23-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman AKM mutaxassislari tomonidan “Jadidlar – millatga nur sochganlar” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazma jadid ma’rifatparvarlarining boy ilmiy va adabiy merosini keng kitobxonlar ommasiga targ‘ib qilishga qaratildi.Ko‘rgazma jadidchilik harakatining yirik namoyandalari – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon kabi fidoyi ziyolilarning asarlari hamda ular haqidagi adabiyotlar o‘rin olgan. Ularning ma’rifat, ta’lim-tarbiya, milliy uyg‘onish va taraqqiyot yo‘lidagi xizmatlari aks etgan manbalar havola qildi.
Ushbu kitob ko‘rgazmasi ma’naviy merosimizni keng targ‘ib etish hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik va ma’rifatparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
20/02/2026 - 15:56
Joriy yilning 20-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman AKMda Oʻzbekiston Davlat san’at va Madaniyat Institutining “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyoti doirasida, “Fondlarni to‘ldirish va adabiyotlarga ishlov berish” bo‘limida ishlarini davom ettirmoqdalar.Bo‘lim mutaxassislari koʻrsatmasi asosida amaliyotchilar kitoblarni tartibga solish, bo‘limlarga taqsimlash va fonddagi joyini belgilash ishlarini bajarishdi.
19/02/2026 - 17:16
2026-yil 19-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston Davlat san’at va Madaniyat institutining “Kutubxona-axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyotini davom ettirdilar.Talabalar “Nemis tili o‘quv zali” ish jarayonlarini chuqurroq o‘rganishdi, mavjud adabiyotlar, o‘quv resurslari va foydalanuvchilarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, talabalarga zalning ish jarayonlari va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish tartibi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
19/02/2026 - 17:05
2026-yil 19-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Ayollar huquqi – taraqqiyot asosi” mavzusida davra suhbati kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharh o‘tkazildi.Bibliografik sharh davomida ayollar huquqlarining ta’minlanishi jamiyat taraqqiyotining muhim mezoni ekani alohida ta’kidlandi. Ayollarga yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar nafaqat ularning, balki butun jamiyat salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi haqida atroflicha fikr almashildi.
Kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhi jarayonida ayollar huquqlariga oid qonunchilik hujjatlari, davlat dasturlari, xalqaro hamkorlik masalalari hamda gender tengligiga bag‘ishlangan adabiyotlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar tavsiya etilgan manbalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
17/02/2026 - 17:17
2026-yil 17-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston Davlat san’at va Madaniyat institutining “Kutubxona-axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyotini davom ettirdilar.Amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmat” bo‘limida mustaqil ravishda kitoblarni skanerlash, fayllarni tartiblash, elektron resurslarni shakllantirish hamda raqamlashtirish jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
16/02/2026 - 16:55
Joriy yilning 16-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman AKMda Oʻzbekiston Davlat san’at va Madaniyat Institutining “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyoti doirasida, “Fondlarni to‘ldirish va adabiyotlarga ishlov berish” bo‘limida amaliyot oʻtadilar.”Fondlarni to‘ldirish va adabiyotlarga ishlov berish” bo‘limi mutaxassislari koʻrsatmasi asosida amaliyotchilar kitoblarga texnik ishlov berdilar, boʻlimlarga taqsimladilar va fonddagi oʻrnini aniqlab joyladilar
16/02/2026 - 16:29
2026 yil 16-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek she’riyatining nozik va samimiy ovozi, shoira Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Saida Zunnunova — Ayol qalbining nozik kuychisi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada adibaning hayoti va ijodiga oid asarlar, she’riy to‘plamlar hamda u haqidagi adabiyotlar namoyish etildi. Mazkur ko‘rgazma buyuk ijodkorning boy adabiy merosini keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida kitobga mehr va milliy adabiyotimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.
