02/04/2026 - 15:23
#ekskursiya 
Joriy yilning 2-aprel kuni Germaniyadan tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.
Mutaxassislar tomonidan chet el mehmonlari uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida mehmonlar kutubxonaning nemis va o‘quv zallari bilan yaqindan tanishdilar.
Shu bilan birga, mehmonlarga kutubxona fondida mavjud badiiy, ilmiy hamda ma’naviy-ma’rifiy nashrlar, zamonaviy axborot-resurslari va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tashrif davomida mehmonlar kutubxona faoliyati, uning asosiy yo‘nalishlari hamda foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishib, o‘zlarida ijobiy taassurot qoldirdilar.



01/04/2026 - 08:43
2026-yil 1-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga “Deutsch School” xususiy maktabi o‘quvchilari tashrif buyurdi. Tashrif davomida o‘quvchilar uchun nemis o‘quv zalida ekskursiya tashkil etildi.
 

 
Ekskursiya jarayonida o‘quvchilarga nemis o‘quv zalining imkoniyatlari, undagi adabiyotlar fondi hamda mavjud resurslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
 
Mazkur ekskursiya o‘quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga hamda ularni kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.
27/03/2026 - 15:48
Joriy yilning 27-mart kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida "Yosh kitobxon" klubi a'zolari bilan so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnoma davomida ishtirokchilar kitoblar va axborot-kutubxona xizmatlari bilan bog‘liq savollarga javob berishdi va o‘z sevimli asarlari haqida fikr bildirishdi.
Shu bilan birga, kitobxonlar axborot-kutubxona markazida mavjud bo‘lgan yangi kitoblar, elektron resurslar va turli xizmatlar haqida ma'lumotga ega bo'ldilar. So‘rovnoma yosh kitobxonlarning qiziqishlarini o‘rganish va kelajakdagi faoliyatni yaxshilashga yordam berdi.



 


 
27/03/2026 - 14:30
 Joriy yilning 27-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazining AKT mutaxassislari tomonidan “Axborot-kutubxona markazida  axborot xavfsizligini ta’minlash” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Axborot-kutubxona markazi mutaxassislariga axborot tizimlaridan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kuchli parollar yaratish hamda turli kiberxavflardan (viruslar, fishing hujumlari va zararli havolalar) himoyalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Tadbir davomida mavzuga oid slaydlar asosida tayyorlangan taqdimot namoyish etilib, unda axborot xavfsizligining asosiy jihatlari va amaliy tavsiyalar batafsil yoritib berildi.
Xodimlarga elektron resurslar, ma’lumotlar bazalari hamda internet tarmog‘idan foydalanishda ehtiyot choralariga rioya qilish muhimligi alohida ta’kidlandi. Axborot xavfsizligini ta’minlash orqali kutubxona faoliyatining samaradorligini oshirish hamda foydalanuvchilarga ishonchli xizmat ko‘rsatish masalalari yoritildi.





25/03/2026 - 16:45
Joriy yilning 25-mart kuni o‘tkazilgan “Kutubxona malikasi” ko‘rik-tanlovida Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Abdusalomova Ro‘zigul munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur tanlov “Bilim” axborot-kutubxona tashabbusi bilan tashkil etilib, unda ishtirokchilar o‘z bilim saviyasi, nutq madaniyati, kitobxonlikka bo‘lgan muhabbati hamda ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar. Abdusalomova Ro‘zigul ham faol ishtiroki, intilishi va salohiyati bilan ajralib turdi.
Ushbu yutuq kutubxona tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim va mahoratini namoyon etish bilan birga, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.


25/03/2026 - 14:41
Joriy yilning 25-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Milliy uyg‘onish harakatining rahbari — Mahmudxo‘ja Behbudiy” mavzusida kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhi tashkil etildi.
Ushbu bibliografik sharh jarayonida jadidchilik harakatining yetakchi vakili Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, faoliyati hamda uning ma’rifatparvarlik yo‘lidagi xizmatlari haqida keng ma’lumotlar berildi. 
Shuningdek, uning ta’lim-tarbiya, matbuot va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi adabiyotlar namoyish etildi. Behbudiyning asarlari orqali yoshlarni ilm olishga, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va mustaqil fikrlashga undovchi g‘oyalar targ‘ib qilindi.
 


 
24/03/2026 - 16:00

 Joriy yilning 24-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Mirzo Ulug‘bek — Buyuk o‘zbek astronomi, matematigi va davlat arbobi" mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
 Ushbu kitob ko'rgazmasi davomida Mirzo Ulug‘bekning hayoti haqida batafsil ma’lumotlar berildi: uning ilmiy faoliyati, davlat boshqaruvidagi xizmatlari va ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasi yoritildi.
Shuningdek, uning astronomiya va matematika sohasidagi ishlari, O‘zbekistondagi madaniy va ilmiy merosga ta’siri haqida ham so‘z bordi.

 
Shunin
18/03/2026 - 13:03
Joriy yilning 18-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.
 

 
 Koʻrgazmada oilada mutolaa muhitini shakllantirish, onaning farzand tarbiyasidagi oʻrni hamda bolalarda kitobga mehr uygʻotish masalalariga oid adabiyotlar namoyish etildi.
 
 Bibliografik sharh davomida taqdim etilgan kitoblarning mazmuni va ularning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida qisqacha maʼlumotlar berildi.
18/03/2026 - 13:00
 Joriy yilning 18-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga "Baby Island" maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari tashrif buyurdi.
 

 
Tashrif doirasida kichkintoylar uchun markaz bo‘ylab mazmunli ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida mutaxassislar tomonidan kutubxona faoliyati, fond tarkibi, kitoblarning joylashuvi hamda bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar haqida sodda va tushunarli tarzda ma’lumotlar berildi 
 
Tarbiyalanuvchilar kutubxona muhiti bilan yaqindan tanishib, kitob olamiga bo‘lgan katta qiziqishlarini namoyon etdilar 
18/03/2026 - 09:04
 Joriy yilning 19-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Navroʻz tilaklar daraxti” nomli ma’naviy-ma’rifiy burchak tashkil etildi.
 

 
 Ushbu burchakda milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni aks ettiruvchi bezaklar asosida Navroʻz bayramiga xos muhit yaratildi.
 
 “Tilaklar daraxti”da markaz xodimlari hamda foydalanuvchilar tomonidan ezgu niyat va samimiy tilaklar qoldirildi. Har bir tilakda xalqimizga xos mehr-oqibat, tinchlik, farovonlik va birlik g‘oyalari o‘z ifodasini topdi.
 
 Tashrif buyuruvchilar ushbu burchak orqali milliyligimizning go‘zalligi va qadriyatlarimizning ahamiyatini yana bir bor his etdilar.

Pages

Subscribe to Новости