22/07/2026 - 15:36
Joriy yilning 22-iyul kuni Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Mirzo Ulugʻbek tuman partiya tashkiloti raisi Azizbek Sattorov Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi.Tashrif davomida axborot-kutubxona markazida yaratilgan shart-sharoitlar, kitob fondi hamda kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va axborot xizmatlari sifatini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
22/07/2026 - 15:33
Joriy yilning 22-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” loyihasi doirasida “Oilada kitob mutolaasi – kelajak poydevori” mavzusida kitob koʻrgazmasi hamda bibliografik sharh tashkil etildi.Ko'rgazma davomida kitobxon onalar va farzandlar uchun badiiy, ma’rifiy hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiyotlar namoyish etilib, mutolaa uchun tavsiya qilindi.
Bibliografik sharh jarayonida ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblarning mazmun-mohiyati, ularning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
20/07/2026 - 16:30
Joriy yilning 20-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Jadidlar — millatga nur sochganlar” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.Ko‘rgazma jadid ma’rifatparvarlarining boy ilmiy va ma’naviy merosi, ularning millat ravnaqi, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida amalga oshirgan ulkan xizmatlarini yoritishga bag‘ishlandi.
Ko'rgazma davomida jadidchilik harakatining mazmun-mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda jadidlarning bugungi avlod uchun qoldirgan ibratli g‘oya va qarashlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
16/07/2026 - 15:12
Joriy yilning 16-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Marketing va tadbirkorlik – muvaffaqiyat sari eltuvchi ikki qanot” nomli kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.Koʻrgazmada marketing, tadbirkorlik, biznesni yoʻlga qoʻyish, zamonaviy boshqaruv va shaxsiy rivojlanishga oid adabiyotlar hamda ushbu yoʻnalishdagi amaliy qoʻllanmalar kitobxonlar eʼtiboriga havola etildi.
Bibliografik sharh davomida ishtirokchilarga marketingning asosiy tamoyillari, tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish, biznesni rivojlantirish yoʻllari hamda mazkur mavzudagi adabiyotlarning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Kitob koʻrgazmasi kitobxonlarda tadbirkorlik va marketing sohasiga boʻlgan qiziqishni oshirish, mutolaa madaniyatini targʻib qilish, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallashga boʻlgan intilishni kuchaytirishga xizmat qildi.
16/07/2026 - 15:08
Joriy yilning 16-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi Oʻzbekiston yoshlari nigohida" shiori ostida "Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash kuni" munosabati bilan "Marketing va tadbirkorlik-muvaffaqiyat sari eltuvchi ikki qanot" nomli davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbatida Mirzo Ulugʻbek tumanida xususiy kutubxona tashkil etgan yosh tadbirkor Abbos Abduqodirov ishtirok etib, o‘zining tadbirkorlik faoliyati, erishgan tajribasi hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. U ishtirokchilar bilan ochiq muloqot olib borib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi va amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga tadbirkorlik, biznesni boshqarish, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish va moliyaviy savodxonlikka oid adabiyotlar hamda axborot-resurslar tanishtirildi.
Tadbirkor tomonidan yoshlarni o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga undash, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, tashabbuskorlik va innovatsion fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda o‘zaro fikr almashdilar.
Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va iqtisodiy faolligini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda axborot-kutubxona markazida yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Tadbir yakunida Mirzo Ulugʻbek tumanidagi davlat va xususiy kutubxonalar o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida metodik yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, har ikki kutubxonaga metodik ko‘makni izchil davom ettirish va kelgusida hamkorlikdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish rejalashtirildi.
14/07/2026 - 17:09
Joriy yilning 14-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Ayollar huquqlari – taraqqiyot asosi” mavzusi doirasida "Ayol e'zozi – jamiyat e'zozi" mavzusida kitob koʻrgazmasi hamda bibliografik sharh tashkil etildi.Koʻrgazmada xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tengligini taʼminlash hamda ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yorituvchi adabiyotlar va nashrlar keng namoyish etildi.
Koʻrgazmadan oʻrin olgan kitoblar kitobxonlarda ayollar huquqlariga hurmat tuygʻusini mustahkamlash, ularning jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos oʻrnini anglashga xizmat qiladi.
Mazkur kitob koʻrgazmasiga qiziqqan barcha kitobxonlar va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga taklif etamiz.
14/07/2026 - 14:56
Joriy yilning 14-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tashrif buyurib, metodik hamda amaliy yordam ko'rsatdilar.Tashrif davomida axborot-kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish, kitob fondidan oqilona foydalanish, kitobxonlarga ko'rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari sifatini yanada oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ'ib etish yuzasidan zarur tavsiya va takliflar berildi. Shuningdek, axborot-resurslarni tizimli yuritish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda sohada ilg'or tajribalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish, kitobxonlikni rivojlantirish va kelgusidagi istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur tashrif hududda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari uchun sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini yo'lga qo'yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
13/07/2026 - 16:09
Joriy yilning 13-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Tanishing yangi adabiyotlar” nomli kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.Koʻrgazmada kitobxonlar eʼtiboriga soʻnggi yillarda nashr etilgan badiiy, ilmiy-ommabop hamda maʼnaviy-maʼrifiy adabiyotlar havola etildi. Bibliografik sharh davomida mutaxassislar kitoblarning mazmuni, mualliflari va kitobxonlar uchun ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berdilar.
Ko'rgazmaning asosiy maqsadi kitobxonlarni yangi nashrlar bilan yaqindan tanishtirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikni targʻib etish hamda kitobga boʻlgan qiziqishni oshirishdan iborat boʻldi. Ko'rgazma ishtirokchilari sharh davomida faol ishtirok etib, oʻz fikr va taassurotlari bilan oʻrtoqlashdilar.
09/07/2026 - 14:53
Joriy yilning 9-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Ma'rifat sari ezgu qadamlar" shiori ostida volontyorlik madaniyatini shakllantirish maqsadida nafaqadagi ma'rifatli, hayot tajribasi va donishmandligi bilan jamiyatimizga o'rnak bo'lib kelayotgan nuroniylar holidan xabar olishga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuv davomida nuroniylar bilan samimiy suhbatlar oʻtkazilib, ularning duolari va ezgu tilaklari tinglandi. Shuningdek, ma'naviy hordiq chiqarishlari hamda mutolaa madaniyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida zarur badiiy va maʼrifiy adabiyotlar yetkazib berildi.
Uchrashuvda keksalarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik ko'rsatish, ularning boy hayotiy tajribasidan bahramand bo'lish hamda yoshlar o'rtasida mehr-oqibat, insonparvarlik alohida ta'kidlandi.
Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat va e'tibor ko'rsatish xalqimizning ezgu qadriyatlaridan biridir. Bunday ma'naviy-ma'rifiy tashabbuslar avlodlar o'rtasidagi mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
07/07/2026 - 16:19
Joriy yilning 7-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yozning eng yaxshi kitoblari” nomli kitob ko‘rgazmasi va bibliografik sharh oʻtkazildi.Koʻrgazmada bolalar va o‘smirlar uchun tavsiya etilgan yozning eng yaxshi badiiy, sarguzasht, fantastika, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar namoyish etildi. Bibliografik sharh davomida mutaxassislar kitoblarning mazmun-mohiyati, mualliflari va yosh kitobxonlar uchun ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Ko'rgazmaning asosiy maqsadi bolalar va o‘smirlarni yangi adabiyotlar bilan tanishtirish, yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
