09/01/2026 - 12:23
Joriy yilning 9-yanvar kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan mashhur nemis adiblari — Aka-uka Grimmlar hayoti va ijodiga bagʻishlangan kitob koʻrgazmasi tashkil etildi hamda bibliografik sharh oʻtkazildi.
Koʻrgazmada Aka-uka Grimmlarning mashhur ertaklari, ularning hayoti va ijod yoʻliga oid adabiyotlar, shuningdek, xalq ogʻzaki ijodini toʻplash va asrab-avaylashdagi beqiyos hissasini yorituvchi manbalar namoyish etildi. Bibliografik sharh jarayonida ishtirokchilarga Grimmlar ertaklarining tarbiyaviy ahamiyati, bolalar adabiyotidagi oʻrni hamda ularning jahon adabiyotiga qoʻshgan hissasi haqida batafsil maʼlumot berildi.
Mazkur kitob koʻrgazmasi kitobxonlarda badiiy adabiyotga boʻlgan qiziqishni oshirish, bolalar va yoshlar ongida ezgulik, halollik va jasorat kabi fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.
08/01/2026 - 15:28
Joriy yilning 8-yanvar kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan taniqli yozuvchi, adabiyotshunos va jamoat arbobi Xurshid Doʻstmuhammad tavalludining 75 yilligi munosabati bilan “75 yillik ijodiy yoʻl: soʻz va tafakkur uygʻunligi” nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.Mazkur ko‘rgazmada adibning sermazmun badiiy asarlari, tarjima ishlari hamda uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ilmiy-adabiy manbalar namoyish etildi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — yosh avlodni milliy adabiyotimizning yetuk namoyandalaridan biri bo‘lgan Xurshid Doʻstmuhammad ijodi bilan tanishtirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat.
Ushbu kitob koʻrgazmasiga qiziqgan barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida kutib qolamiz!
08/01/2026 - 12:35
S. Ya. Marshak tavalludiga bagʻishlangan - “Mult-kaleydoskop”
Joriy yilning 8-yanvar kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazining qoʻshimcha taʼlim markazida mashhur bolalar yozuvchisi Samuil Yakovlevich Marshakning tavallud kuniga bagʻishlangan maʼrifiy-maʼnaviy tadbir boʻlib oʻtdi.
Yosh ishtirokchilar uchun yozuvchi asari asosida yaratilgan multfilmlar namoyish etilgan. Shuningdek kitoblar koʻrgazmasi, hamda S. Ya. Marshakning hayoti va ijodiga bagʻishlangan suhbat oʻtkazildi.
Tadbir davomida bolalar yozuvchining hayot yoʻli haqidagi qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishib, uning adabiy merosi haqida bilim oldilar va sevimli asarlari yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbir iliq va qiziqarli muhitda oʻtib, bolalarda kitobxonlikka, klassik bolalar adabiyotiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
__________________________________________________________
«Мульт-калейдоскоп» ко дню рождения С. Я. Маршака
В Информационно-библиотечном центре Мирзо-Улугбекского района, в центре дополнительного образования, состоялось образовательно-просветительское мероприятие, посвящённое дню рождения выдающегося детского писателя Самуила Яковлевича Маршака.
Для юных участников был организован мульт-калейдоскоп — показ мультфильмов по произведениям автора, а также организована книжная выставка и проведена познавательная беседа о жизни и творчестве С. Я. Маршака. Ребята узнали интересные факты из биографии писателя, познакомились с его литературным наследием и обсудили любимые произведения.
Мероприятие прошло в тёплой и увлекательной атмосфере, способствуя развитию интереса к чтению и классической детской литературе.
08/01/2026 - 11:28
S. Ya. Marshak tavalludiga bagʻishlangan - “Mult-kaleydoskop” Joriy yilning 8-yanvar kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazining qoʻshimcha taʼlim markazida mashhur bolalar yozuvchisi Samuil Yakovlevich Marshakning tavallud kuniga bagʻishlangan maʼrifiy-maʼnaviy tadbir boʻlib oʻtdi.
Yosh ishtirokchilar uchun yozuvchi asari asosida yaratilgan multfilmlar namoyish etilgan. Shuningdek kitoblar koʻrgazmasi, hamda S. Ya. Marshakning hayoti va ijodiga bagʻishlangan suhbat oʻtkazildi.
Tadbir davomida bolalar yozuvchining hayot yoʻli haqidagi qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishib, uning adabiy merosi haqida bilim oldilar va sevimli asarlari yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbir iliq va qiziqarli muhitda oʻtib, bolalarda kitobxonlikka, klassik bolalar adabiyotiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
07/01/2026 - 12:28
Joriy yilning 7-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Tanishing – yangi adabiyotlar” nomli yangi kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Namoyish etilgan adabiyotlar orasida o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, tilshunoslik va lug‘atshunoslikka oid nashrlar, falsafa, tarix, axloq va zamonaviy psixologik asarlar, shuningdek, yoshlar va keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan badiiy kitoblar mavjud.
Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarning bilim doirasini kengaytirish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Yangi adabiyotlar bilan tanishish esa kitobsevarlarda ilmga bo‘lgan qiziqishni oshirib, ma’naviy dunyoqarashni boyitadi.
Yangi bilim va ilhom izlayotgan barcha kitobsevarlarni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurishga chorlab qolamiz!
05/01/2026 - 12:28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi.2026-yil 5-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida mazkur mavzuga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni, aholining faolligi, hamjihatlik va taraqqiyot g‘oyalarini yorituvchi adabiyotlar jamlandi.
Kitob ko‘rgazmasi kitobxonlarning bilimini oshirish, mahalla va jamiyat rivoji borasidagi islohotlar mazmunini keng yoritishga xizmat qiladi.
Ushbu kitob koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida kutib qolamiz!
19/12/2025 - 12:16
Joriy yilning 19-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Atrof-muhitni muhofaza qilish va aholida ekologik madaniyatni rivojlantirish” nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.Koʻrgazmadan asosiy maqsad — kitobxonlar oʻrtasida tabiatni asrash, ekologik muammolarga befarq boʻlmaslik, atrof-muhitni muhofaza qilishga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda ekologik bilim va madaniyatni yuksaltirishdan iborat.
Koʻrgazmada atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil muhitni asrashga bagʻishlangan adabiyotlar, ilmiy-ommabop kitoblar va axborot materiallari namoyish etildi.
17/12/2025 - 11:16
2025-yil 17-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Ayollar huquqi – taraqqiyot asosi” mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.Ayollar huquqlarining ta’minlanishi har bir jamiyat taraqqiyotining muhim mezonidir. Ayolga yaratilgan imkoniyatlar — butun jamiyat salohiyatini ro‘yobga chiqaradi.O‘zbekistonda ayollar huquqlarini ta’minlashga oid qonunlar, davlat dasturlari va xalqaro hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan islohotlar taraqqiyotga xizmat qilayotgani ta’kidlanadi. Ayol faolligi — barqaror rivojlanish kafolatidir.
Mazkur koʻrgazmaning maqsadi ayollar huquqlarini himoya qilish va ularni turli sohalarda qo‘llab-quvvatlash jamiyat taraqqiyotida oʻz oʻrnini topishdir. Ayol — jamiyat ustuni, uning huquqlari esa taraqqiyot kalitidir.
Ushbu ko'rgazmaga qiziqqan barcha kitobxonlarni Mirzo Ulug'bek tuman axborot - kutubxona markazimizda kutib qolamiz.
16/12/2025 - 12:16
2025-yil 16-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish, ularning ibratli merosini yosh avlod ongiga singdirish” maqsadida qabul qilingan 76-sonli buyruq ijrosi doirasida "Mahmudxoʻja Behbudiy - Buyuk xalq ma`rifatchisi" nomli navbatdagi kitob koʻrgazmasi tashkil qilindi. Bu koʻrgazma yurtimiz tarixida muhim o‘rin egallagan ma’rifatparvar siymolarning hayoti va faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim hisoblanadi.Kitob koʻrgazmada Mahmudxoʻja Behbudiyning asarlari, u haqidagi ilmiy tadqiqotlar, maqolalar va adabiy-tarixiy manbalar namoyish etildi.
Ushbu koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobsevarlarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazimizda kutib qolamiz.
15/12/2025 - 11:16
Joriy yilning 15-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida kitob koʻrgazmasi yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Koʻrgazmaning asosiy maqsadi – oilada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yosh avlodda o‘qishga mehr uyg‘otish hamda onalarning bu jarayondagi o‘rni va ta’sirini yoritishdan iborat.
Ko‘rgazmada oilaviy tarbiya, bolalar adabiyoti, ma’naviy-axloqiy tarbiya va kitobxonlik madaniyatiga oid turli asarlar namoyish etildi.
