"Abadiy bahor"

2024-yil 25-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Danko” adabiy klubi bilan hamkorlikda "Abadiy bahor" nomli adabiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi O‘.G‘. Bordovskiy —  va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, A.Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrining postanovkachi rejissyori A. E. Slonim ishtirok etdi. Tadbirda "Danko" klubi a'zolari o‘zlari tomonidan bahor, muhabbat, do‘stlik haqidagi she’rlarini o'qib berdilar.

Tadbir davomida O.G.Bordovskiy “Kitob mening sodiq do‘stim, ezgu fikrlarning haykaltaroshi” kitobiga kirgan go'zal va mazmunli she'rlaridan o'qib berdi.

Adabiy tadbir juda sermazmun bo'lib o'tdi. Tadbirda ishtirokchilar o'z ijodlari orqali bir-birlari bilan qiziqarli va sermazmun muloqot qildilar.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр