"Adabiy asarlarda ilm va fantastika" kitob ko‘rgazma

Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi 2024 yil 9 yanvar kuni,  211-sonli maktabda 3-4 va 5-6 sinf o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan “Kelajak fan va texnologiyasi” tadbirida ishtirok etdi.

TAKM mutaxassislari “Adabiy asarlarda ilm va fantastika” nomli kitob ko‘rgazmasi tayyorladilar va ko`rgazmaga  bibliografik sharh o‘tkazdilar. O‘quvchilar O‘zbekiston fantastlari va xorijiy mualliflarning badiiy asarlari bilan tanishdilar. Ko‘rgazmada X.To‘xtaboyev, X.Shayxov, G.Uells, K.Bulychev va boshqa ko‘plab jahon fantastika durdonalarining kitoblari namoyish etildi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр