A.Grodzinskiy va E.Makarova bilan adabiy-she’riy tadbir

2023-yil 28-noyabr kuni

Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazida Yevropa ijodiy Gildiya festivali ishtirokchilari, Qozog‘istonda o‘tkazilgan tanlovning 1 va 2-o‘rinlarini egallagan laureatlari – A.Grodzinskiy va E.Makarova bilan adabiy-she’riy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Zamondosh” kitobxonlik klubi faoliyati doirasida o‘tkazildi.

Tadbir tashkilotchilari “Danko”adabiy-ijodiy uyushmasi a’zolari bo‘ldi. Tadbirni ochish so‘zini: O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi – Bagdasarova G.S. va“Danko” adabiy-ijodiy uyushma rahbari Grushina T.A. boshlab berdi.

Tadbirning birinchi qismida rus adabiyotining atoqli shoiri Aleksandr Blok tavalludi munosabati bilan “A.Blok – hayoti va ijodi” mavzusidagi taqdimot taqdim etildi. Tadbirda – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi O.Bordovskiy, “Zamondosh” klubi a’zolari va yosh shoirlar tomonidan she’rlar ijro etildi. Tadbirning 2-qismida Yevropa ijodiy Gildiya festivali g‘oliblari so‘zga chiqdi va o‘z she’rlarini o‘qib berishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar Aleksandr Blok ijodiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi bilan tanishdilar.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi