o‘z
RU
DE
“Alisherobod” MFYda faoliyat yuritayotgan mahalla kutubxonasiga tashrif
Joriy yilning 7-oktyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “Alisherobod” MFYda faoliyat yuritayotgan mahalla kutubxonasiga tashrif buyurdilar.



Tashrif davomida kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish, mavjud kitob fondini tartibga solish va kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Suhbat jarayonida mahalla aholisi, xususan, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish hamda mazmunli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida mahalla kutubxonasi bilan hamkorlikni rivojlantirish, kitobxonlar uchun qiziqarli loyihalarni amalga oshirish va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishib olindi.
