"Atrof-muhit – bizning boyligimiz" mavzusidagi davra suhbati va kitob ko‘rgazmasi

 2025-yil 5-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan ekologik savodxonlikni oshirish, aholining atrof-muhit muhofazasiga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish maqsadida “Atrof-muhit – bizning boyligimiz” mavzusida davra suhbati va kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Tadbirda San'at va madaniyat instituti sirtqi boʻlim 4-bosqich talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida atrof-muhitni asrash, yashil muhitni kengaytirish, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish va suv-resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga ekologik muammolarning global va mahalliy darajadagi salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Ko‘rgazmada esa tabiat, ekologiya, barqaror rivojlanish mavzulariga bag‘ishlangan kitoblar namoyish etildi. Bu esa kitobxonlarda ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Tadbir barcha ishtirokchilar uchun foydali bo‘lib, ekologik ong va mas’uliyatni shakllantirishga muhim hissa qo‘shdi. “Atrof-muhit – bizning boyligimiz” degan fikr bugungi kunda nafaqat shior, balki har bir inson hayotiy tamoyiliga aylanishi zarurligi yana bir bor takidlandi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр