"Axborot-kutubxona faoliyatini boshqaruv asoslari" bo'yicha 40 soatlik o'quv kursida o'qib, malaka oshirdilar

Joriy yilning 29 apreldan 3 mayga qadar Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Axborot-kutubxona faoliyatini boshqaruv asoslari" bo'yicha 40 soatlik o'quv kursida o'qib, malaka oshirdilar. Darslarni yuqori tajribali va malakali ustozlar olib bordilar.

Ushbu o'quv darslarida:

- Kasaba uyushmasi nima? Uning prinsiplari va vazifalari;

- Mehnat sohasiga oid asosiy qonunchilik;

- Mehnat intizomi;

- Xodimlarni ishga qabul qilish to'g'risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;

- Mehnatni muhofaza qilish kabi darslari yuqori saviyada o'tkazildi.

O'quv kursi yakunida o'tilgan darslar yuzasidan test savollariga javob berib, "Sertifikat" oldilar.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр