Axborot-kutubxona markazidagi bo‘limlar va ularning faoliyati”

2023-yil 1-dekabr kuni

Mirzo Ulug‘bek TAKM “Axborot-kutubxona markazidagi bo‘limlar va ularning faoliyati” mavzusida Toshkent davlat madaniyat institutining Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti 3-kurs talabalari uchun uslubiy dars tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
AKM mutaxassisi talabalarga xizmat ko'rsatish bo'limining ishi haqida - an'anaviy va elektron shaklda kitobxonlarga xizmat korsatishish, hujjatlarni yuritish va hisobga olish, rejalashtirish va hisobot berish, tadbirlar rejasini tuzish va otkazish haqida toliq malumot berdi. Bundan song talabalar AKM  fondlarni to‘ldirish saqlash va ularga ishlov berish xizmati ishi bilan tanishdilar. Tadbir davomida talabalar kutubxona bo‘ylab ekskursiya uyushtirdilar. Kutubxonada tashkil etilgan barcha kitob korgazmalari va kitob fondi bilan tanishdilar. Tadbir yakunda AKM mutaxassislari talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi. Tadbir qiziqarli va sermazmun bolib otdi.

  

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi