o‘z
RU
DE
“Ayollar huquqlari – taraqqiyot asosi” nomli kitob koʻrgazmasi
Joriy yilning 12-may kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Ayollar huquqlari – taraqqiyot asosi” nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.

Koʻrgazmada xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tengligi hamda ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yorituvchi adabiyot va nashrlar keng oʻrin oldi.
Koʻrgazmadan oʻrin olgan kitoblar kitobxonlarda ayollar huquqlariga hurmat ruhini shakllantirish, ularning jamiyat taraqqiyotidagi muhim oʻrnini anglashga xizmat qiladi.
Ushbu kitob koʻrgazmasiga qiziqgan barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman AKMga taklif etamiz.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
