“Barkamol avlod” bolalar maktabida ko'chma kutubxona tashkil etildi

Joriy yilning 1 avgust kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Barkamol avlod” bolalar maktabida ko'chma kutubxona tashkil etildi. Bolalar va ularning ota-onalari mutaxassislar taqdim etgan kitoblarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar va axborot-kutubxonaga a'zo bo'ldilar. A'zo bo'lish orqali o'zlariga ma'qul bo'lgan adabiyotlarni tanlab, o'qish uchun oldilar. 

Taqdimotdagi kitoblar:  dunyo xalqlarining ertaklari, maktab o'quv dasturi uchun adabiyotlar, bolalar ensiklopediyalari va albatta badiiy adabiyotlardan tashkil topgan.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad kitob va kitobxonlikka bo'lgan e'tiborni kuchaytirish. Yoshlar va  bolajonlarni yozgi ta’tilda o'z vaqtlarini besamar o'tkazmay, bilim olishlari uchun o'tkazildi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр