“Beruniy – buyuk olim-entsiklopedist”

05.09.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 211-maktabda “Kitob va mutolaa” haftaligi doirasida Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga  bag’shlab   “Beruniy – buyuk olim-entsiklopedist” nomli infodars o‘tkazildi. TAKM mutaxassislari olimning hayoti va buyuk merosi haqida so‘zlab berdilar, Beruniy tarjimai holi va faoliyatiga oid kitoblar taqdim etdilar. Abu Rayhon Beruniyning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi muhokamasida 8-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi