Bizning oilada hamma kitob bilan do‘st

25.07.2023 yil Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 14-sonli qarori va 2023-yil 10-apreldagi 2023 yil 26-sonli O‘zbekistoRespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qarori asosida “Eng kitobxon oila” doirasida “Bizning oilada hamma kitob bilan do‘st” nomli eng yaxshi kitobxon oilasi tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – bolalar va kattalarni kitob mutolaasiga jalb etish, oilalarga ma’lumotli yordam ko‘rsatish, ota-onalarga bolani kitob mutolaasiga kiritishning texnika va usullarini ko‘rsatishdan iborat. Tanlovda 3 ta oila va yordamchi guruhlar ishtirok etdi. Tanlov 4 bosqichdan iborat bo‘lib, unda ishtirokchilar o‘zlarining sevimli kitoblarini targ‘ib qilishda o‘zlarining adabiy bilim va qobiliyatlarini namoyish etdilar. Yordamchi guruhlar tanlovda faol ishtirok etdilar. Tanlov hakamlari tanlov shartlarini baholash vaqtida - yordamchi guruhlar, ya`ni kutubxonaning faol kitobxonlari va Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 2-son kasb-hunar maktabi o`quvchilari uchun adabiy o'yinlar va viktorinalar tashkil etildi. Tanlov juda qiziqarli va adabiy tortishuvlarga boy bo`ldi. Barcha g‘oliblarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tanlovning hakamlar hay’ati tarkibi “Lashkarbegi” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari – Rasuliy Z.M. va Dadajanova D.M., shuningdek, Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 2-son kasb-hunar maktabi psixologi – D.A. Ortiqovalar bo`lishdi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi