"Bolalar bizning kelajagimiz" nomli kitob koʻrgazmasi

"Bolalar bizning kelajagimiz" nomli kitob koʻrgazmasi

1-iyun - Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Bolalar bizning kelajagimiz” nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma bolalar va ularning tarbiyasi, ma’naviy kamoloti, huquqlari hamda qiziqishlarini aks ettiruvchi turli janrdagi adabiyotlarni o‘z ichiga olgan.

Ko‘rgazmada ertaklar, she’riy to‘plamlar, bolalar uchun mo‘ljallangan ilmiy-ommabop kitoblar, hamda taniqli yozuvchilarning asarlari namoyish etildi. Kitoblar rang-barang bezaklar bilan taqdim etilgani bois yosh kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otadi.

Mazkur ko‘rgazma yosh avlodni kitob o‘qishga jalb etish, ularda bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, “Bolalar – bizning kelajagimiz” degan ezgu g‘oyani yorituvchi asarlarning jamlanmasi, ko‘rgazmani yanada mazmunli qildi.

Barcha kitobxonlarni ushbu koʻrgazma bilan yaqindan tanishishga taklif qilamiz.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр