"Bolalardan bolalarga"
3.12.2022 211-sonli o'rta maktab o'quvchilari, maktabning mas`ul xodimlari va Mirzo Ulug'bek tumani axborot kutubxona markazi mutaxassislari bilan birgalikda Butunjahon nogironlar kuniga bag'ishlangan "Bolalardan bolalarga" aksiyasi doirasida 101- maxsus internat maktabga tashrif buyurishdi.
Tadbirning maqsadi bolalarda yaxshilik, mehr-oqibat, yaxshi ishlar va ularning har bir inson hayotidagi o'rni to'g'risida tasavvurni shakllantirishdir.
"Sabrli va mehribon bo'lishga shoshiling" shiori ostida adabiy va musiqiy kompozitsiya o'tkazildi.
Tadbir yakunida maktab-internat bolalariga sovg'alar topshirildi.
Источник:
Axborot-kutubxona markazi