Bolalikni kitob bilan o`tkaz

06.04.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 211-maktabda “Bolalikni kitob bilan o`tkaz” nomli adabiy soat tadbiri o‘tkazildi. 

AKM mutaxassislari bolalarga kitoblar, kutubxonalar, kitobga bag‘ishlangan bayramlar va kitob o`qishning afzalliklari haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdi. 

Bolalar “Ertaklar arg`umchog`i” va “Asar qahramonini top” viktorinalarida faol ishtirok etishdi. 

Tadbir yakunida o`quvchilar kitobga bag‘ishlangan she’rlarini yoddan o‘qib berishdi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi