"Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy"

14.04.2023 yil Mirzo Ulug 'bek tumani  axborot-kutubxona markazida 2023 yil YUNESKO qarori bilan tavalludi keng nishonlanadigan olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan "Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy" nomli tadbir bo'lib o'tdi. 

Tadbirda  uning hayoti va ijodiga bag`ishlab tayyorlangan  "Ensiklopedik olim - Abu Rayhon Beruniy" nomli taqdimot namoyishi va "Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy" nomli kitob ko`rgazmasining bibliografik sharhi bo'lib o'tdi.

AKM mutaxassislari Beruniyning hayoti va faoliyati, uning kashfiyotlari, astronomiya ,matematika, geografiya, falsafa, tarix va boshqa ko`plab fanlar bo`yicha yozgan asarlari haqida ma`lumot berdilar. 

211-maktabning yuqori sinf o'quvchilari uning faoliyatining ahamiyati, buyuk olimning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo`shgan hissasi haqida qiziqarli va foydali ma`lumotlarga ega bo`ldilar.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi