Buyuk sarkarda Amir Temur

 2022-yil 11-aprel kuni Mirzo Ulug`bek tumani Axborot-kutubxona markazida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, unda 18-sonli maktabning 7-“A” sinf o‘quvchilari va  “Asaka” mahalla fuqarolar yig‘inining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha vakili ishtirok etdilar.

Tadbir davomida "Buyuk Sarkarda Amir Temur" nomli taqdimot va kitob ko'rgazmasi namoyish etildi. TAKM mutaxassislari Amir Temur hayoti va faoliyati, uning insoniyat tarixidagi beqiyos o‘rni haqida so‘zlab berdilar. 

Mahalla vakili A.Puchinyan yoshlar bilan olib borayotgan ishlari haqida ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida o`quvchilar kutubxona bo‘ylab ekskursiya uyushtirib, kutubxonaning kitob fondi va resurslari bilan yaqindan tanishdilar.

Источник: 
Информационно-библиотечный центр