«Central Asia – 2023»

24-26 may 2023-yil kunlari Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan “Central Asia – 2023: fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar. 

Konferensiya elektron axborot resurslarini shakllantirish, axborot-kutubxona tizimlarini yaratish va ulardan axborot-kutubxona muassasalarida foydalanish muammolari bo‘yicha samarali tajriba almashish, ilg‘or uslublar va o‘quv qo‘llanmalarini ommalashtirish; axborot texnologiyalari asrida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qildi.

“Kitob o`qish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish istiqbollari” 2-sho`bada Mirzo Ulug‘bek tumani AKT va axborot-kutubxona resurslarini raqamlashtirish xizmati xizmat rahbari E.R.Valiyeva “Axborot madaniyati. Jamiyat. Axborot-kutubxona muassasalari” mavzusida ma’ruza qildi.

3 kunlik konferensiya davomida AKM mutaxassislari internet, elektron ma’lumotlar bazalaridan kengroq foydalanish yo‘nalishida axborot-kutubxona va ta’lim muassasalarini faollashtirish, axborot resurslaridan ochiq foydalanishni ta’minlash va ularning mazmunini shakllantirishga bag‘ishlangan davra suhbatlari va mahorat darslarida ishtirok etdilar.

 
Источник: 
Информационно- библиотечный центр