"Dolzarb 30 kun"

08.08.2023 O'zbekiston Respublikasi Alisher Navoiy nomli Milliy kutubhona tomonidan 43-buyruq asosiga binoan 2023yil 10 iyuldan 10 avgustgacha "Dolzarb 30 kun" oyligi ichida TAKM xodimlarning yong'in xafsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar o'tkazilishi bilan ko'ra, Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazining Kasaba uyushmasi raisi Ishmuxamedova Zahro Komil qizi o'zining Yong'in xavfsizligi bo'yicha olgan bilimlari bo'yicha tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish, yong’in xavfsizligi talablarini to'g'ri ta’minlash bo'yicha "Yong'in xavfsizligining huquqiy asoslari" nomli davra suhbati o'tkazdi.

Davra suhbati davomida TAKM xodimlariga binoni va xonalarni yong’indan saqlashda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, yong’in vaqtida qanday harakat qilish haqida to’liq ma’lumot berdi.
Bundan tashqari yong’in chiqqan vaqtda xodimlar birinchi harakatni qanday bajarish zarurligi, o’t  o’chirish anjomlaridan qanday foydalanish kerakligini amaliy tarzda ko’rsatib berdi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi