“Do‘stlarga tilaklar”

9-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani  axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Ozbekistondagi rus madaniyat markazida Dog‘iston xalq shoiri R.G.Gamzatov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Do‘stlarga tilaklar” ijodiy uchrashuvida qatnashdilar. Tashkilotchilar O‘zbekiston rus madaniyat markazi, Shanxay hamkorlik tashkiloti Jamoatchilik diplomatiyasi markazi, “Sharq yulduzi” jurnali tahririyati va “Shoirlar shahri” ijodiy uyushmasi bo‘ldi. Yig‘ilish ishtirokchilari Rasul G‘amzatov hayoti va ijodidagi muhim voqealar haqida so‘z yuritdilar. Tadbirda R.G‘amzatov so‘ziga yozilgan she’r va qo‘shiqlar yangradi. Mirzo Ulugbek TAKM mutaxassislari shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Tinchlik, ezgulik va muhabbat she’riyati” nomli kitob ko‘rgazmasi tayyorladilar va kitoblarga bibliografik sharh o‘tkazdilar. Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi