o‘z
RU
DE
#ekskursiya
2026-yil 2-oktyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga 64-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchilari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o‘quvchilar uchun kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishishga qaratilgan qiziqarli ekskursiya tashkil etildi.


Ekskursiya davomida o‘quvchilarga kutubxonaning asosiy bo‘limlari, kitob fondi va kutubxonadan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ular turli mavzu va janrlardagi adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlari qiziqqan kitoblarni tomosha qilishdi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
