#Ekskursiya

Joriy yilning 14-oktyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “Madaniyat va san’at menejmenti” yo‘nalishi magistrantlari tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida AKM mutaxassislari tomonidan markaz faoliyati yuzasidan tanishtiruv suhbati tashkil etilib, o‘quv zallari bo‘ylab ekskursiya o‘tkazildi.

Magistrantlarga axborot-kutubxona markazining umumiy faoliyati, xizmat ko‘rsatish bo‘limlari, kitob fondi hamda foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр