#ekskursiya

 2026-yil 17-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidromelioratsiya” fakultetining 1 va 2-bosqich talabalari tashrif buyurishdi.
 
 
 Tashrif davomida talabalar uchun axborot-kutubxona markazi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida nemis o‘quv zali hamda o‘qish zallari bilan yaqindan tanishtirildilar.
 
 Ekskursiya jarayonida talabalarga kutubxonaning faoliyati, kitob fondi, zamonaviy axborot xizmatlari hamda elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kutubxona imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр