#ekskursiya

 2026-yil 8-may kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga 50-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchilari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o‘quvchilar uchun kutubxona bo‘ylab qiziqarli va mazmunli ekskursiya tashkil etildi.

 

Ekskursiya jarayonida o‘quvchilarga kutubxonaning bo‘limlari, boy kitob fondi, hamda kitoblardan foydalanish qoidalari haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘quvchilar turli janrdagi kitoblar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlarni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.

 Tashrif davomida kitobxonlik madaniyati, kitobning inson hayotidagi o‘rni va bilim olishdagi ahamiyati haqida suhbatlar olib borildi.

 Mazkur ekskursiya o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirish, ularni kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.

 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр