#ekskursiya

#ekskursiya

 2026-yil 21-may kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Roman-German filologiyasi” fakulteti talabalari tashrif buyurishdi.

Ekskursiya davomida talabalar axborot-kutubxona markazi faoliyati, boy kitob fondi, zamonaviy axborot-resurslari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan kutubxona xizmatlari, elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari va kitobxonlik madaniyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, o‘quvchilarga nemis o‘quv zalining imkoniyatlari, undagi adabiyotlar fondi hamda mavjud resurslar haqida ham tushunchalar berildi. Talabalar kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
 

 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр