“Eng ibratli oila”

15.05.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazida Xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan hamda   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi majlisi 14-sonli Bayonining ijrosini bajarish maqsadida  “Eng ibratli oila”, “Eng kitobxon oila” tadbiri bo‘lib o‘tdi.  (Eng kitobxon oila, 2-band)

Tadbirda “Lashkarbegi” MFY vakillari, hamda: A.A.Usmonova – “Kelin va qaynona” guruhi raisi, "Keksalar va nuroniylar" kengashi raisi Z.M. Rasuli, tabrik so‘zi va oilani qo‘llab-quvvatlashda mahallaning o‘rni, shuningdek, farzand tarbiyasida oilaning o‘rni, oilaviy munosabatlar qadriyatlari, ayollar va qizlar o‘rtasida radikalizmning oldini olish, ijtimoiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish kabi mavzularda suhbat o‘tkazdi. Tadbir davomida “Bizning oilamizda hamma kitob bilan do‘st” tanlovi bo‘lib o‘tdi, unda Zadayevlar oilasi g‘olib deb topildi

AKM mutaxassislari tomonidan “15-may – Xalqaro oila kuni” nomli kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi, unda jamiyatning asosiy bogimi, insoniy qadriyatlar posboni bo‘lgan oila huquqlarini himoya qiluvchi va kafolatlovchi huquqiy me’yorlarni aks ettiruvchi kitoblar, oilaviy hayotning psixologiyasi va etikasi, shuningdek, “Xalqaro oila kuni” mavzusidagi kitoblar taqdim etildi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi