“Eng yaxshi xattotlik”

18.10.2023

Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazi 211- maktab bilan hamkorlikda “21 oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” bayramiga bag‘ishlab  5-6-sinf o‘quvchilari bilan “Eng yaxshi xattotlik” ko‘rik-tanlovi tashkil etdilar. Tadbirda o‘zbek tilining ahamiyati, xalqimizning qalb ko‘zgusi bo‘lgan bu bebaho boylikni asrab-avaylash va rivojlantirish haqida so‘z yuritildi. Musobaqa yakunida g‘oliblarga faxriy yorliqlar topshirildi.

 

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi