“Fan va ta’lim”

Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi 211-sonli maktabda “Fizika, kimyo, biologiya” fanlari oyligi doirasida o‘tkazilgan “Fan va ta’lim” nomli ochiq darsda ishtirok etdi

Tadbirdan koʻzlangan maqsad talabalarning bilim olishga intilishlarini, mustaqil va ijodiy fikrlashni har tomonlama rivojlantirishdan iborat

Tadbir ishtirokchilari – 211-sonli maktabning turli ilmiy va ijodiy to‘garaklari o‘quvchilari

Tadbirda fizika, matematika va tabiiy fanlarning hayot va texnikadagi ahamiyati, xalq xo‘jaligida qo‘llanilishi haqida so‘z yuritildi

Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Ta’limda fizika-matematika fanining ahamiyati” nomli kitob ko‘rgazmasi tayyorlanib, kitoblarga bibliografik sharh o‘tkazildi

 Bolalar “Atrofimizdagi ilm” rasmlar tanlovida o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyish etdilar

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi