Festival 5 ta tashabbus

23.05.22 Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi “Traktorsozlar” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan birgalikda 211-sonli maktabda o‘tkazilgan 5 ta tashabbus festivalida ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad: yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, o‘z ona yurtining milliy qadriyatlari va an’analari bilan tanishtirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish.

“Traktorsozlar” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari milliy urf-odat va an’analarimiz haqida so‘z yuritdilar, tadbir davomida badiiy milliy kashtachilik to'garak a'zolari  mahorat darslarini namoyish etdilar.

AKM mutaxassislari tomonidan  “Mening sevimli kitobim” kitob ko‘rgazmasiga bibliografik sharh o‘tkazildi.

Bayram tadbir ishtirokchilari ijrosidagi xalq qo‘shiqlari va raqslari bilan yakunlandi.

 

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi