o‘z
RU
DE
“F.I.Tyutchev: klassik asarlari”
2024-yil 17-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Rossiya hamkorlik tashkiloti” bilan hamkorlikda “F.I.Tyutchev: klassik asarlari” nomli adabiy viktorina tadbiri bo‘lib o‘tdi. AKM mutaxassislari “Go'zallik uyg'unligi she'riyati” kitob ko'rgazmasini tayyorladilar, unda ajoyib shoir F.I.Tyutchevning hayoti va ijodi haqidagi kitoblar taqdim etildi. Tadbir davomida shoirning tarjimai holiga bag‘ishlangan film namoyish etildi.
Adabiy viktorina tadbirida kitobxon bolalar va ota-onalari "Rossiya hamkorlik tashkiloti" mutaxassislari tomonidan o'tkazilgan adabiy o'yinda faol ishtirok etishdi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Tadbir “Kitobxon ona – kitobxon bola” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр