o‘z
RU
DE
“Jadidlar — millatga nur sochganlar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Joriy yilning 22-yanvar kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 50-sonli umumta’lim maktabida “Jadidlar — millatga nur sochganlar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.




Tadbir davomida jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning asosiy gʻoyalari hamda jadid bobolarimizning xalq ma’rifati, ilm-fan va milliy ongni yuksaltirish yoʻlidagi fidokorona faoliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilar jadid adiblarining hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdi. Tadbir yosh avlodda vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbir soʻngida oʻquvchilar viktorina savolariga faol qatnashib esdalik sovgalariga ega bo'lishdi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
