Joriy yilning 16-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Barkamol avlod” bolalar maktabi bilan birgalikda “VI Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Navroʻzni ulug‘lash — insonni ulug‘lash” shiori ostida kitob ko‘rgazmasi tashki

Joriy yilning 16-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Barkamol avlod” bolalar maktabi bilan birgalikda “VI Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Navroʻzni ulug‘lash — insonni ulug‘lash” shiori ostida kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharh o‘tkazildi.

Kitob ko‘rgazmasi davomida ishtirokchilarga Navro‘z bayramining mazmun-mohiyati, uning tarixiy ildizlari hamda ma’naviy ahamiyatini yorituvchi adabiyotlar keng taqdim etildi. Shuningdek, bolalar adabiyotlariga alohida e’tibor qaratilib, yosh kitobxonlar uchun mo‘ljallangan asarlar namoyish etildi.

Bibliografik sharh davomida esa yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр