Kitob - bolaning eng yaqin do‘sti

10.04.2023 yil Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazida Kitob haftaligi doirasida “Kitob - bolaning eng yaqin do‘sti” nomli adabiy kecha – tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

AKM mutaxassislari tomonidan “Kitobdan yaxshi do‘st yo‘q” taqdimoti namoyish etildi, unda kitobning paydo bo‘lish tarixi, kitob mutolaasining afzalliklari haqida so‘zlab berildi. 

Tadbir davomida 35-umumta’lim maktabi o‘quvchilari jahon adabiyoti klassiklari asarlari, jahon xalqlari ertaklari, bolalar ta’limiy ensiklopediyalari namoyish etilgan “Kitobni ochib-dunyoni ocharsan” nomli kitob ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. 

Axborot-kutubxona markazida bolalar “Adabiy qahramonni top” va “Ertaklar karvoni” viktorina va tanlovlarida faol ishtirok etishdi.

Tadbir so‘ngida bolalar kutubxona bo'ylab ekskursiya qilishdi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi