Kitob eng yaxshi do'stimiz

28.03.2023 yil Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi vakillari bilan birgalikda "Kitob eng yaxshi do'stimiz" nomli adabiy kecha bo'lib o'tdi. 

Tadbir Kitobxonlik kuni” loyihasi doirasida o‘tkazildi. 

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad: Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb qilish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikka muhabbatni uygotish.

Tadbirni Mirzo Ulug‘bek tumani AKM direktori T.S.Alimxodjayeva ilg‘or, innovatsion, ijodkor zamonaviy shaxsni kamol toptirishda kitobning ahamiyati va o‘rni haqidagi ma'ruzasi bilan ochib berdi.

Tadbirda 211-maktabning 7-8-sinf o‘quvchilari va 28-maktabning yuqori sinf o‘quvchilari qatnashdilar. Tadbir ishtirokchilari “Mutolaaning inson hayotidagi orni” taqdimoti bilan tanishdilar. Oquvchilar “Kitob sahifalari orqali” viktorinasida faol va zavq bilan ishtirok etishdi. 

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga sovg‘alar topshirildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi Mirzo Ulugbek TAKM mutaxassislariga  tadbirlarda doimiy hamkorliklari va "Kitobxonlik kuni" tadbirini yuqori saviyada otkazganliklari  uchun oz tashakkurlarini bildirishdi. TAKM direktori T.S. Alimxo‘djayevaga minnatdorchilik bildirib, o`zlari tomonidan tayyorlangan "Tashakkurnoma" bilan taqdirladilar.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi