Kitob - hayotni yaratuvchi muallim

2023 yil 23 oktabr kuni

“INFOLIB UZBEKISTAN-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligining ochilish kunida Mirzo Ulug‘bek TAKM tomonidan 211-sonli maktabda "Kitob - hayotni yaratuvchi muallim" nomli kutubxona darsi tadbiri o'tkazdilar. TAKM mutaxassislari o'quvchilarga har yili o‘tkaziladigan Milliy axborot-kutubxona haftaligi haqida: uning maqsad va vazifalari – bugungi kunda O‘zbekiston taraqqiyotining dolzarb yo‘nalishi bo‘lgan foydalanuvchilar ijtimoiy va yoshlar o‘rtasida kitob va kitobxonlikni ommalashtirish, kitob o'qishning foydalari haqida so‘zlab berdi. O'quvchilar kitob o‘qishning foydalari va kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida suhbatda faol ishtirok etdilar. TAKM mutaxassislari kitob va uning yaratuvchilari, kutubxonaning kitob fondlari va  kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida gapirib berishdi.
Tadbir yakunida o'quvchilar "Kitob - hayotni yaratuvchi muallim" nomli kitob ko'rgazmasi bilan tanishtirdilar.

 

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi