“Kitob yoki film, kino yoki kitob”

2023 yil 10 noyabr kuni

Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak Vatanimiz!” g‘oyasi asosida “Ma’naviyat marafon” loyihasi doirasida TAKM mutaxassislari tomonidan oʻzbek va jahon adabiyoti klassiklari asarlari asosida yaratilgan filmlar yuzasidan“Kino va kitoblar” taqdimoti namoyishi va mavzu yuzasidan davra suhbati bolib otdi. Tadbirda Sharqshunoslik instituti talabalari qatnashdilar. Talabalar “Kitob yoki film, kino yoki kitob” mavzusidagi suhbatda  faol ishtirok etdilar, unda qiziqarli savollar muhokama qilindi. Qay biri yaxshiroq: film tomosha qilish yoki kitob o'qish? Tadbirda talabalar o‘zbek klassiklarining suratga olingan asarlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar va TAKM mutaxassislari tomonidan tayyorlangan kinoga aylangan asarlardan tashkil etilgan kitob ko`rgazmasi bilan tanishdilar.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi