“Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q”

 

2023-yil 26-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 211-sonli maktabda 9-sinf o‘quvchilari uchun “Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q” nomli kutubxona darsi o‘tkazildi.

 Tadbir davomida suhbat bilan birga “Kitob tarixi” nomli taqdimot namoyish etildi.

 “Zamonaviy kutubxonalar qanday bo‘lishi kerak, ular qanday kitoblarni o‘qishni hohlaydilar va kitob o‘qishdan nima foyda?” mavzuidagi muhokamada o'quvchilar faol ishtirok etdilar.

  Tadbir yakunida TAKM mutaxassislari kutubxona qoidalari va kitob tanlashda nimalarni bilishlari kerakligi haqida gapirib berishdi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi