o‘z
RU
DE
#Kitob_korgazma
Joriy yilning 2-sentyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Yangi O‘zbekiston — mening Vatanim” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda namoyish etilgan adabiyotlarga bibliografik sharh berildi.


Ko‘rgazma orqali yosh kitobxonlarda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, yurtimiz tarixi va bugungi taraqqiyotidan faxrlanish, tinch va farovon hayotning qadriga yetish hamda Yangi O‘zbekiston ravnaqiga munosib hissa qo‘shish g‘oyalari targ‘ib qilindi.
Shuningdek, yosh foydalanuvchilar ko‘rgazmada taqdim etilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirilib, Yangi O‘zbekistonning buguni va kelajagi, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni hamda Vatan taraqqiyotidagi mas’uliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
