#kitob_korgazma

 Bugun, 2-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

 

 Ko‘rgazmada ustoz va murabbiylarning sharafli kasbi, ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni hamda yosh avlodni kamol toptirishdagi fidokorona mehnatini yorituvchi adabiyotlar namoyish etildi.

 Shuningdek, ko‘rgazmaga qo‘yilgan adabiyotlarga bibliografik sharh berildi. Unda kitoblarning mazmuni, mualliflari va mavzuga oid ahamiyati haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр