#Kitob_korgazma

 Joriy yilning 7-oktyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Ayollar huquqlari – taraqqiyot asosi” mavzusida “Ayol-taraqqiyot timsoli” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda ko‘rgazma yuzasidan bibliografik sharh o‘tkazildi.

 

 Ko‘rgazmadan xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, gender tengligi, ayollarning jamiyat hayotidagi faol ishtiroki hamda ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rniga bag‘ishlangan adabiyotlar o‘rin oldi.

 Bibliografik sharh davomida kitobxonlarga mazkur adabiyotlar haqida ma’lumot berilib, ayollar huquqlarini hurmat qilish, ularning jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rnini anglash va qadrlashga e’tibor qaratildi.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр