#Kitob_korgazma

 Joriy yilning 8-oktyabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida rus yozuvchisi va jurnalist Yulian Semyonov tavalludining 95 yilligi munosabati bilan “Yulian Semyonov va uning adabiy merosi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi va unda namoyish etilgan adabiyotlarga bibliografik sharh berildi.

 

 Ko‘rgazmada Yulian Semyonovning hayoti va ijodiy faoliyati, uning rus adabiyotida tutgan o‘rni, mashhur asarlari hamda yozuvchining tarixiy, detektiv va publitsistik yo‘nalishdagi ijodiy merosini yorituvchi adabiyotlar keng namoyish etildi.

 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр