“Kitoblar olamiga sayohat”

21.04.2022 Mirzo Ulug'bek tumani Axborot kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitoblar olamiga sayohat” nomli adabiy kecha bo'lib o'tdi.

 Tadbirda 211-maktabning boshlangich sinf oquvchilari, 18-maktbning yuqori sinf oquvchilari ozlarining tayyorlab kelgan sherlari va badiiy sahna korinishlari bilan qatnashdilar.

Tadbir davomida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tayyorlagan “Kitob va kitob mutolaasining inson hayotidagi muhim orni”taqdimoti namoyish etildi. 

Tadbir yakunida ishtirokchilar “Kitobxonlik haftaligi”da faol ishtirok etganliklari uchun faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. 

So‘ngra Toshkent shahar“Bilim” axborot-kutubxona markazidan tashrif buyurgan mehmon- mutaxassislar so‘zga chiqib, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib etishda mazkur tadbirning katta ahamiyatga ega ekanligini va tadbir yuqori saviyada otganligini ta’kidlab o`tdilar.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi