“Kitobni varaqlab dunyoni ochamiz”
2022-yil 3-11-kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB Uzbekistan – 2022” XI Milliy haftaligi doirasida yoshlarni kitobxonlikka yanada qiziqishlarini uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida “Kitobni varaqlab dunyoni ochamiz” nomli konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida AKM mutaxassislari kitobning inson kamolotidagi ahamiyati, zamonaviy dunyoda kutubxonaning vazifalari haqida so‘z yuritdilar.
7-sinf o‘quvchilari maktab dasturidan tashqari o‘zlari o‘qigan sevimli kitoblari muhokamasida, viktorinalar va adabiy o‘yinlarda faol ishtirok etdilar.
Источник:
Axborot-kutubxona markazi