“Kitobxon ona – kitobxon bola”

18.05.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazida “Lashkarbegi” MFY bilan hamkorlikda “Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida davra suhbati tadbiri bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida “Oilada ayollarning o‘rni”  va “Mutolaaning foydalari haqida” kabi mavzular muhokama qilindi

AKM mutaxassislari  bolalikdan kitob o‘qishga mehr uyg‘otish naqadar foydali ekanligi va kitob o‘qishning afzalliklari haqidagi taqdimotni namoyish etdilar

Tadbir davomida ishtirokchilar “Kitobxon ona – kitobxon bola”, “Kitob olamiga sayohat” nomli kitob ko‘rgazmalari bilan tanishishdilar 

Tadbir yakunida ishtirokchilari uchun kutubxona zallari bo‘ylab ekskursiya uyushtirdilar.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi