o‘z
RU
DE
Kitobxon ona – kitobxon bola
#Kitob_korgazma
Joriy yilning 8-sentyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” loyihasi doirasida navbatdagi “Kitob bilan birga ulg‘ayamiz” mavzusida kitob ko‘rgazmasiga bibliografik sharh tashkil etildi.


Ko‘rgazma davomida kitoblarning mazmun-mohiyati, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirishdagi o‘rni hamda farzandlarning dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida bibliografik sharh berildi.
Oilada kitob mutolaasiga mehr uyg‘otish, bolalarda kitobxonlik odatini shakllantirish va ota-onalarni farzandlari bilan birgalikda mutolaa qilishga undash — kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishning muhim omillaridan biridir.
Shu maqsadda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan ko‘rgazma va bibliografik sharhlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
